O‘zbekistonda yaroqsiz mahsulotlarni yo‘q qilish tartibi soddalashtiriladi

eʼlon qilindi
Ular umidsiz qarzdorlik sifatida tan olinadi
Foto: depositphotos.com

O‘zbekiston hududiga olib kirilgan va yaroqsiz holatga kelib qolgan mahsulotlarni yo‘q qilish hamda davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimida rasmiylashtirilganda, ular umidsiz qarzdorlik sifatida tan olinadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2026-yil 1-iyuldan tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha umidsiz qarzdorliklarni hisobdan chiqarish jarayoni «E-kontrakt» tashqi savdo axborot tizimi orqali faqat elektron shaklda amalga oshiriladi.

Yaroqsiz mahsulotlarni yo‘q qilish yuzasidan xulosalar «Yagona darcha» bojxona axborot tizimi orqali raqamlashtirilgan holda taqdim etiladi.

Mahsulotlarni yo‘q qilish usullari va joyi bo‘yicha yagona tartib ishlab chiqiladi va uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

Shuningdek, qarorga binoan tashqi savdo shartnomalarida tomonlarga bog‘liq bo‘lmagan sabablar – mahsulotlarning tashish yoki saqlash jarayonida yaroqsiz bo‘lib qolishi, davlat foydasiga voz kechish yoki musodara qilinishi holatlari ham umidsiz qarzdorlik sifatida qayd etiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Namanganda 737 million so‘mlik iste’molga yaroqsiz mahsulotlar aniqlangani haqida yozgandi.

Shuningdek