Namunali xavfsiz ko‘cha va namunali xavfsiz uy mezonlari belgilandi

eʼlon qilindi
Xavfsiz hududlarning kirish-chiqish nuqtalariga maxsus belgi-stikerlar o‘rnatiladi
«Namunali xavfsiz ko‘cha» va «namunali xavfsiz uy» mezonlari belgilandi / Foto: Pm.gov

O‘zbekistonda kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Namunali xavfsiz ko‘cha va Namunali xavfsiz uy tashkil etish bo‘yicha yangi talablar tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, kechasi ko‘chalar to‘liq yoritilishi, odam kam yuradigan hududlar esa qisman yoritilishi belgilangan. Shuningdek, avtoturargohlar texnik kuzatuv talablariga javob berishi, noqonuniy savdo rastalari tartibga solinishi hamda qarovsiz yerto‘la, chiqindixona va chordoqlar bo‘lmasligi shart.

Mahallalarda bu ishlar uchun har oy va har chorakda yo‘l xaritalari ishlab chiqiladi. Shuningdek, Mahalla yettiligi tomonidan xavfsiz hududlarning kirish-chiqish nuqtalariga maxsus belgi-stikerlar o‘rnatiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mahallalarda huquq-tartibot maskanlari tashkil etilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek