Qoraqalpog‘istonda jamoat transporti uchun yo‘l haqi oshirildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Avtobus uchun 2 ming so‘m
Qoraqalpog‘istonda jamoat transporti yo‘l haqi oshirildi / Foto: Joqargi Kenesi

20-avgustdan boshlab Qoraqalpog‘istonda jamoat transportida yangi tariflar kuchga kirdi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Vazirlar kengashi qarorida qayd etildi.

Unga ko‘ra, avtobuslarda naqd pul orqali yo‘l haqi 2600 so‘m, bank kartasi, ATTO yoki transport kartasi orqali to‘lov qilinsa, 2000 so‘m etib belgilandi.

Shuningdek, shahar ichi va tuman markazidan chiqadigan shaharlararo yo‘nalishli taksilarda 5 km.gacha masofa uchun yo‘l haqi 3000 so‘m qilib belgilandi. Bu summaga qo‘shilgan qiymat solig‘i ham kiritilgan.

Hududdagi jamoat transportidan foydalanishda abonent tizimi ham joriy etilgan bo‘lib, oddiy yo‘lovchilar uchun avtobus abonementi oyiga 200 ming so‘m, yiliga 1 mln 642 ming so‘m bo‘ladi. Talabalar, o‘quvchilar, pensionerlar va nogironlar uchun chegirma qo‘llanib, oyiga 100 ming so‘m, yiliga esa 912 ming so‘m qilib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Farg‘onaga yangi 24 ta avtobus olib kelingani haqida yozgan edi.

Shuningdek