Ilon Mask yangi siyosiy partiya tuzish rejasini vaqtincha to‘xtatdi

eʼlon qilindi
U hozircha barcha e’tiborini biznes loyihalariga qaratmoqda
Mask va Tramp
Ilon Mask va Donald Tramp / Foto: IRIS

Ilon Mask o‘zining yangi siyosiy partiya tuzish bo‘yicha rejasini kechiktirdi. Wall Street Journal’ning yozishicha, u hozircha barcha e’tiborini biznes loyihalariga qaratishni ma’qul ko‘rmoqda.

Mask iyul oyida Donald Tramp bilan soliq imtiyozlari va davlat xarajatlari borasida yuzaga kelgan keskin bahs ortidan «America Party» nomli siyosiy kuchni tashkil etishni e’lon qilgan edi. Ammo so‘nggi haftalarda u AQSh vitse-prezidenti JD Vance bilan munosabatlarini saqlashga ko‘proq ahamiyat berayotgani aytilmoqda.

Manbalarga ko‘ra, yangi partiya tuzish rejasi Vance bilan aloqalarga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Shu bois Mask agar Vance 2028-yilda prezidentlikka nomzod bo‘lsa, uni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni rejalashtirmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda Mask Tramp va boshqa respublikachilarni qo‘llab-quvvatlash uchun qariyb $300 million sarflagan. Bu uning siyosiy ta’sirini keskin oshirgan va Trampning yangi samaradorlik departamenti ish boshlagan dastlabki haftalarda sezilarli rol o‘ynagan.

Avvalroq «Kursiv» nashri Ilon Mask qatnashadigan Xalqaro astronavtika kongressi O‘zbekistonda o‘tkazilishi mumkinligi haqida yozgandi.

Shuningdek