Buxoroga 12 ta yangi Yutong avtobuslari olib kelindi

eʼlon qilindi
Hozirda Buxoro shahrida jami 72 ta avtobus aholiga xizmat qilmoqda
Buxoroga 12 ta yangi Yutong avtobuslari olib kelindi / Foto: Transport vazirligi

Buxoro viloyatida jamoat transporti xizmatlari sifatini oshirish maqsadida Xitoydan 12 dona Yutong avtobuslari olib kelindi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mazkur avtobuslar «Miramax turist trans» MChJ tomonidan xarid qilingan bo‘lib, tez orada shahar yo‘nalishlarida brutto-shartnoma asosida aholiga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.

Foto: Transport vazirligi

Hozirda Buxoro shahridagi 6 ta yo‘nalishda jami 72 ta avtobus aholiga muntazam xizmat ko‘rsatmoqda. Yangi avtobuslar qo‘shimcha qulaylik yaratib, yo‘lovchi tashish tizimini yanada takomillashtirishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy jamoat transporti yana 42 ta yangi avtobus bilan boyitilgan edi.

Shuningdek