O‘zbekiston – Xitoy innovatsion markazi tashkil etilishi mumkin

eʼlon qilindi
Loyihaning amalga oshirilishi yangi ish o‘rinlarini yaratadi
O‘zbekiston – Xitoy innovatsion markazi tashkil etilishi mumkin / Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Kasimov Xitoyning Aladdin Holdings Group va Tai Chang Special Steel kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi va hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Muzokaralarda qishloq xo‘jaligi va turizm sohalarida O‘zbekiston – Xitoy innovatsion markazini tashkil etish tashabbusi ko‘rib chiqildi. Loyihaning amalga oshirilishi yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda innovatsion yondashuvlarni keng joriy etishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni mustahkamlash va loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada O‘zbekiston uchun yangi logistika markazi ochilishi mumkinligi haqida yozgan edik.

Shuningdek