Rossiya sobiq deputati maxfiy ma’lumotlarni G‘arbga yetkazishda ayblanmoqda

Rossiya Davlat dumasi sobiq deputati Magomed Gadjiev G‘arb maxsus xizmatlariga maxfiy ma’lumotlarni topshirganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda «Ria Novosti» ma’lum qildi.
Bosh prokuratura da’vosiga ko‘ra, u xorijda bo‘lganida G‘arb vakillariga hamkorlik taklif qilgan va buning evaziga $45 mln olgan.
Hujjatda qanday ma’lumotlar berilgani ochiqlanmagan. Shuningdek, Gadjievning Turkiya fuqaroligiga ega ekani, AQShda bank hisoblari hamda kriptovalyuta sohasi bilan bog‘liq biznesi mavjudligi ta’kidlanmoqda.
Ma’lumot uchun, u Rossiya Adliya vazirligi tomonidan «xorijiy agent» sifatida ro‘yxatga kiritilgan, «Yagona Rossiya» partiyasidan chiqarilgan hamda Ukraina tomonidan ham unga qarshi jinoiy ish ochilgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada 110 nafar fuqaroni soxta ro‘yxatga qo‘ygan o‘zbekistonliklarga ish ochilgan edi.