O‘zbekistonga Qirg‘izistondan chorva mollari importi hajmi kamaydi

eʼlon qilindi
Olti oyida 10 ming 270 bosh qo‘y va echki olib kirilgan
Foto: Pexels.com

Joriy yilning birinchi yarmida Qirg‘izistondan O‘zbekistonga qoramol eksporti o‘tgan yilga nisbatan besh baravar, qo‘y eksporti esa qariyb o‘n baravar qisqardi. Bu haqda Qirg‘iziston statistika qo‘mitasi hisobotlarida keltirib o‘tildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonga 2025-yilning olti oyida 10 ming 270 bosh qo‘y va echki olib kirilgan. Bir yil oldin bu ko‘rsatkich 112 ming 206 boshni tashkil etgan edi.

2024-yil davomida esa Qirg‘izistondan O‘zbekistonga 130 ming 499 bosh qoramol hamda 233 ming 242 bosh qo‘y va echki eksport qilingan.

Avvalroq «Kursiv» nashri Mo‘g‘ulistondan O‘zbekistonga qo‘y eksporti start olgani haqida yozgandi.

Shuningdek