AQSh sudi Tramp ma’muriyatiga 60 mingdan ortiq muhojirni deportatsiya qilish uchun ruxsat berdi

eʼlon qilindi
Markaziy Amerika va Nepal fuqarolari uchun
Donald Tramp
AQSh sudi Tramp ma’muriyatiga 60 mingdan ortiq muhojirni deportatsiya qilish uchun ruxsat berdi / Foto: AP Photo

AQSh sudi Donald Tramp ma’muriyatiga Markaziy Amerika va Nepaldan kelgan 60 mingdan ortiq muhojirlarga berilgan vaqtinchalik deportatsiya himoyasini tugatish va ular uchun ish ruxsatnomalarini bekor qilishga ruxsat berdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

To‘qqizinchi okrug bo‘yicha AQSh Apellyatsiya sudining qarori hukumatga Nikaragua, Gonduras va Nepaldan kelgan muhojirlarga berilgan vaqtinchalik himoya maqomini bekor qilish imkonini beradi.

Nepal fuqarolari uchun himoya 5-avgust kuni yakunlangan bo‘lsa, Gonduras va Nikaragua fuqarolari uchun u 8-sentabrda tugaydi.

AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi vakili Trishiya MakLaflinning ta’kidlashicha, bu qaror immigratsiya tizimining yaxlitligini tiklashga yordam beradi.

UCLA Immigratsiya huquqi va siyosati markazi vakili Axilan Arulanantam sud qarorini keskin tanqid qilib, unda huquqiy asos ko‘rsatilmaganini aytgan. Uning fikricha, bu qaror hukumatning hokimiyatni noqonuniy tarzda kengaytirishini oqlash bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Tramp, Zelenskiy hamda Yevropa yetakchilari uchrashuvida nimalar muhokama qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek