Noyob dizaynga ega 5 ta smartfon — foto

21-avgust 2025 16:19 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
smartfonlar
Noyob dizaynga ega 5 ta smartfon / Foto: Phone Arena

Yangi taqdim etilayotgan smartfonlar ko‘rinishi jihatdan bir biriga o‘xshashi mumkin. Shunday modellar borki, o‘zining noodatiy dizayni va tashqi ko‘rinishi bilan xaridorlarning diqqatini tortadi. Palach nashrining maqolasida 5 ta qiziqarli dizaynga ega smartfonlar haqida so‘z boradi.

CMF Phone 2 Pro

Foto: PCMag Middle East

CMF Phone 2 Pro arzon, ammo kamerasi kuchli smartfon. Korpus modulli va matdan iborat. Orqa qopqoqka turli aksessuarlarni mahkamlash mumkin.

Ekrani 6,77 dyuym AMOLED, 120 Hz yangilanishga ega. Yorqinligi 3000 nit. Unda MediaTek Dimensity 7300 Pro chipi o‘rnatilgan. Kamerasi 50+50+8 MP va 16 MP old kamera. 2x optik zoom ham bor. Batareya 5000 mA·soat, 33 vatt tezkor quvvatlash.

Tecno Pova 7 5G

Foto: Lowyat.net

Futuristik ko‘rinishga ega smartfon. Orqa tomonida Status Light diodi bor. Ekrani 6,78 dyuym IPS, 144 Hzga ega. Chipset MediaTek Dimensity 7300 Ultimate. Kameralari 50 MP va 13 MP. Batareyasi 6000 mA·soat, 45 vatt quvvatlashga ega.

Qurilmada NFC, 3.5 mm jack, stereo dinamika va IP64 himoya mavjud. Kuchli va uzoq ishlovchi smartfon.

Nothing Phone (3a)

Foto: Nothing

Smartfonning dizayni ham o‘zgacha. Shisha orqa panel va LED tizimli Glyph Interface bilan ajralib turadi. Yorug‘lik musiqaga yoki bildirishnomaga moslashadi. Ekrani 6,77 dyuym AMOLED, 120 Hz, yorqinligi 3000 nit. Snapdragon 7s Gen 3 chipi o‘rnatilgan.

Kamerasi 50+50+8 MP va 32 MP old kamera. Batareya 5000 mA·soat, 50 vatt quvvatlash. IP64 va NFC qo‘llab-quvvatlaydi.

Realme 14 Pro+

Foto: Realme

Ushbu smartfonning dizayn ajoyib ko‘rinishga ega. Oq rangli modelida termoxrom qoplama bor. 16 darajadan pastda orqasida muz naqshi paydo bo‘ladi.

Ekran 6,83 dyuym OLED, 1,5K, 120 Hz. Snapdragon 7s Gen 3 chipi va 6000 mA·soat batareya bilan keladi. Quvvatlash 80 vattni tashkil etadi. Kameralari 50+50+8 MP va 32 MP old kamera. Himoyasi IP69, ovoz stereo tizimida ishlaydi.

ZTE Nubia Z70S Ultra

Foto: ZTE Nubia

Retro kamera uslubidagi alyuminiy korpusga ega smartfon. Ekrani 6,85 dyuym AMOLED, 144 Hz, 1,5K, HDR10.

Chipset Snapdragon 8 Elite. Kameralari 50+64+50 MP va noyob 16 MP ekran osti old kamera. Batareya 6600 mA·soat, 80 vatt quvvatlash. Smartfon suratga olish uchun eng zo‘r variant.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan 2025-yilning eng yaxshi smartfonlari e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek