Shavkat Mirziyoyevni Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatish taklif qilindi

eʼlon qilindi
Taklif bildirgan tadbirkorning o‘zi «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi
Mirziyoyevni Nobel mukofotiga nomzod sifatida ilgari surish taklif qilindi. Foto: prezident matbuot kotibi

Alkogolsiz ichimliklar va sharbat ishlab chiqaruvchilar uyushmasi raisi Alfiya Musina Shavkat Mirziyoyevni Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatishni taklif qildi.

U bu fikrini davlat rahbari va tadbirkorlar o‘rtasidagi ochiq muloqot davomida bildirdi. Musinaning ta’kidlashicha, prezident so‘nggi yillarda Markaziy Osiyo va Kavkazning birodar xalqlarini yaqinlashtirish va birlashtirishga muvaffaq bo‘lgan.

Video: «O‘zbekiston 24»

«Menga qolsa, sizni tinchlik uchun Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatgan bo‘lardim», — dedi u.

Shuningdek, u prezidentning so‘nggi yillarda biznes muammolariga e’tiborli bo‘lib kelayotganini qayd etdi va ko‘rsatilgan qo‘llab-quvvatlash uchun minnatdorlik bildirdi.

Mazkur uchrashuvdan bir kun o‘tib, 21-avgustda prezident yana bir qator tadbirkorlarni taqdirladi. Ular orasida Alfiya Musina «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi.

Avvalroq Kambodja AQSh prezidenti Donald Trampni Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatgandi.

Shuningdek