Toshkent — Urganch yo‘nalishida qo‘shimcha reyslar yo‘lga qo‘yildi

Uzbekistan Airways Toshkent — Urganch yo‘nalishida qo‘shimcha reyslarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida xabar berdi.
Unga ko‘ra, 25 – 29-avgust kunlari Toshkent — Urganch — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha aviaqatnovlar amalga oshiriladi. Chiptalarni booking.uzairways.com rasmiy sahifasi, mobil ilova yoki Uzbekistan Airways Sales filiallari va rasmiy agentliklardan xarid qilish mumkin.
Bundan avval kompaniya shaxsiy ma’lumotlar sizib chiqqani haqidagi xabarlarni rad etgandi.
Aviakompaniya ma’lumotiga ko‘ra, hozirga qadar axborot tizimlariga ruxsatsiz kirish yoki yo‘lovchi hamda xodimlarning shaxsiy ma’lumotlari oshkor qilinganiga oid birorta ham tasdiqlangan holat qayd etilmagan. Barcha infratuzilma odatdagi tartibda ishlamoqda.