TBC Bank Group OLX Uzbekistan’ning nazorat paketini sotib oldi

eʼlon qilindi
TBC Bank Group 50%+1 aksiyani egallaydi, qolgan ulush Titan Investmentsga tegishli bo‘ladi
TBC Bank
TBC Bank Group OLX Uzbekistan’ning nazorat paketini sotib oldi / Foto: TBC Bank

Londonda ro‘yxatga olingan TBC Bank Group O‘zbekistondagi eng yirik onlayn e’lonlar platformasi OLX Uzbekistan’ning nazorat paketini Prosus kompaniyasidan sotib oldi.

OLX UZ oyiga 5,4 mln faol foydalanuvchi va 2,2 mln e’loni bilan mamlakat internet foydalanuvchilarining 20 foizidan ortig‘iga xizmat ko‘rsatadi.

Bitim Titan Investments bilan qo‘shma korxona asosida amalga oshirildi. Unda TBC Bank Group 50 foiz+1 aksiyani egallaydi, qolgan ulush Titan Investmentsga tegishli bo‘ladi. OLX Uzbekistan esa o‘z brendi ostida ishlashda davom etadi.

Mutaxassislar bu kelishuvni O‘zbekiston texnologiya sektoridagi so‘nggi 30 yildagi eng yirik bitimlardan biri sifatida baholamoqda. TBC Bank Group esa OLX’ni o‘z ekotizimiga qo‘shib, yangi mijoz segmentlariga chiqishni va raqamli bank xizmatlarini kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq TBC Uzbekistan yarim yilda 254 mlrd sof foyda olgani haqida yozgan edik.

Shuningdek