O‘zbekiston prezidenti Turkmanistonga amaliy tashrif bilan jo‘nab ketdi
eʼlon qilindi
Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan

Shavkat Mirziyoyev 22-avgust kuni ertalab Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan Turkmanistonga jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, davlat rahbari «Avaza» milliy turizm zonasida bo‘lib o‘tadigan «Ozarbayjon – Turkmaniston – O‘zbekiston» formatidagi sammit tadbirlarida ishtirok etadi.
Shuningdek, sammit doirasida prezident Shavkat Mirziyoyevning ikki tomonlama uchrashuvlari ham rejalashtirilgan.
Bundan avval Alkogolsiz ichimliklar va sharbat ishlab chiqaruvchilar uyushmasi raisi Alfiya Musina Shavkat Mirziyoyevni Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatishni taklif qilgandi.