UZ domen zonasi 140 mingdan oshdi

eʼlon qilindi
Rekord ko‘rsatkich bilan
.UZ domen zonasi 140 mingdan oshdi / Foto: Sun’iy intellekt

O‘zbekiston milliy UZ domen zonasida yangi rekord qayd etildi — ro‘yxatdan o‘tgan domenlar soni 140 mingdan ortdi. Bu ko‘rsatkich mamlakatning raqamli makonidagi faol rivojlanishidan dalolat beradi, deya yozmoqda Raqamli texnologiyalar vazirligi.

Uz domeni bugungi kunda nafaqat biznes va davlat tashkilotlari, balki oddiy foydalanuvchilar uchun ham asosiy vositaga aylanmoqda. Har bir yangi domen onlayn xizmatlar, elektron tijorat va innovatsion loyihalarning rivojida xizmat qilmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, 140 minglik chegara yengib o‘tilishi milliy domen zonasiga bo‘lgan talab va ishonchning ortayotganidan dalolat beradi. Bu esa O‘zbekistonning raqamli infratuzilmasini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Uzbekistan Airways shaxsiy ma’lumotlar sizib chiqqani haqidagi xabarlarni rad etgani haqida yozgan edik.

Shuningdek