G‘azoda rasman ocharchilik e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Isroil esa buni rad etdi
G‘azoda rasman ocharchilik e’lon qilindi / Foto: Reuters

BMTning global ochlikni kuzatuvchi tizimi IPC G‘azo shahri va uning atroflarida rasmiy ravishda ocharchilik boshlanganini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Hisobotga ko‘ra, hozirda 514 ming kishi, ya’ni aholining qariyb chorak qismi ocharchilikdan aziyat chekmoqda. Sentyabr oxiriga kelib bu raqam 641 ming kishiga yetishi kutilmoqda.

BMTning gumanitar ishlari bo‘yicha rahbari Tom Fletcher bu fojia oldini olish mumkin bo‘lganini, biroq Isroilning tizimli to‘siqlari sabab oziq-ovqat chegaralarda qolib ketayotganini aytdi. Isroil esa hisobotni «yolg‘on va tarafkashlik» deya rad etdi.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish G‘azodagi ocharchilikni «insoniyat uchun fojia» deb atadi va darhol o‘t ochishni to‘xtatishga hamda gumanitar yordamni bemalol yetkazishga chaqirdi.

Bu IPC tomonidan Afrikadan tashqarida qayd etilgan birinchi ocharchilik bo‘lib, vaziyat Deir al-Balah va Xon Yunis hududlariga ham yoyilishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil G‘azo shahrida harbiy operatsiya boshlaganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek