Hafta davomida dollar kursi yil boshidan beri rekord darajada pasaydi

eʼlon qilindi
140,1 so‘mga pasaydi
Dollar kursi
Hafta davomida dollar kursi yil boshidan beri rekord darajada pasaydi / Foto: Depositphotos

18 – 22-avgust kunlari dollar kursida tebranishlar davom etdi. Valyuta qiymati kunma-kun turlicha o‘zgarib, hafta oxiriga kelib pasayish kuzatildi. Kursiv Uzbekistan nashri hafta davomida dollar kursi qanday o‘zgarganiga oid maqolasini e’lon qiladi.

18-avgust kuni 1 AQSh dollari 12 497,19 so‘mni tashkil etib, oldingi kunga nisbatan 50,19 so‘mga arzonlashdi. 19-avgustda esa kurs biroz tiklanib, 27,73 so‘mga oshib 12 524,92 so‘m bo‘ldi. 20-avgust kuni ham o‘sish davom etdi va dollar 12 466,44 so‘mgacha ko‘tarildi.

AQSH valyutasining 28.07-22.08-sanalardagi o‘zgarishi

Foto: Valyuta birjasi saytidan ekran tasviri

21-avgustda esa aksincha, kurs 52,65 so‘mga tushib, 12 413,79 so‘mni qayd etdi. 22-avgustga kelib esa pasayish yanada sezildi. Dollar 56,70 so‘mga arzonlab, 12 357,09 so‘mga teng bo‘ldi.

18-avgustdagi 12 497,19 so‘mlik ko‘rsatkichdan 22-avgustdagi 12 357,09 so‘mgacha 140,1 so‘mga pasayish kuzatildi. Bu esa milliy valyutaning hafta davomida dollarga nisbatan mustahkamlanganini anglatadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 22-avgust kuni dollar kursi 56,70 so‘mga pasayib, 12 357,09 so‘mni tashkil etgani haqida yozgan edi.

Avvalroq dollar bo‘yicha yangi prognozlar e’lon qilingani haqida maqola e’lon qilgan edik. Unda iyun oyi boshidagi AQSh valyutasining pasayishiga ekspertlar izoh bergan edi.

Jumladan, Alif kompaniyasining O‘zbekistondagi rahbari Nuriddin Lafizovning ta’kidlashicha, «2025-yilda so‘m hatto skeptiklarni ham hayratda qoldirdi». Agar yil boshida dollar qariyb 12 920 so‘m turgan bo‘lsa, 2-iyunga kelib rasmiy kurs 12 790 so‘mga tushdi va pasayishda davom etmoqda. Bu milliy valyutaning qariyb 1% ga mustahkamlangani bildiradi. Lafizovning so‘zlariga ko‘ra, bu jarayonning asosiy omillaridan biri Markaziy bankning mart oyidagi harakati bo‘lib, u bazaviy stavkani yillik 14% ga oshirgan.

Shuningdek