Dollar kursi Markaziy Osiyoda qanday o‘zgardi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Qozog‘istonda dollar 3,12 tengega pasaydi
dollar kursi
Dollar kursi Markaziy Osiyoda qanday o‘zgardi / Foto: Depositphotos

AQSh valyutasi hafta davomida turlicha dinamiklarni ko‘rsatdi. Kursiv Uzbekistan nashri dollar kursi Markaziy Osiyoda qanday o‘zgarganiga oid maqolasini e’lon qiladi.

O‘zbekiston

Foto: Valyuta birjasi saytidan ekran tasviri

18-avgust kuni 1 AQSh dollari 12 497,19 so‘mni tashkil etib, oldingi kunga nisbatan 50,19 so‘mga arzonlashdi. 19-avgustda esa kurs biroz tiklanib, 27,73 so‘mga oshib 12 524,92 so‘m bo‘ldi. 20-avgust kuni ham o‘sish davom etdi va dollar 12 466,44 so‘mgacha ko‘tarildi.

21-avgustda esa aksincha, kurs 52,65 so‘mga tushib, 12 413,79 so‘mni qayd etdi. 22-avgustga kelib esa pasayish yanada sezildi. Dollar 56,70 so‘mga arzonlab, 12 357,09 so‘mga teng bo‘ldi.

Dollar kursi umumiy hisobda 140,1 so‘m pasaydi.

Qozog‘iston

Foto: Nationalbank.kz saytidan ekran tasviri

Qo‘shni Qozog‘istonda ham Amerika valyutasida pastlash kuzatildi. 18-avgust kuni 1 dollar 540,87 tenge bo‘lgan bo‘lsa, 19-avgustda kurs 540 tenge qilib belgilandi. 20-avgustda esa qiymat 538,57 tengeni tashkil etdi. 21-avgustda ko‘rsatkich biroz pasayib, 538,33 tengeni qayd etdi. Hafta oxiriga kelib, 22-avgustda dollar kursi 537,75 tengeni tashkil qildi.

Umuman olganda, besh kun davomida dollar qiymati 3,12 tengega tushdi. Bu esa milliy valyuta – tenge biroz mustahkamlangani va hafta davomida kursning pasayish tendensiyasini ko‘rsatmoqda.

Qirg‘iziston

Foto: Nbkr.kg saytidan ekran tasviri

18-avgust kuni 1 dollar 87,4360 som bo‘lgan. 19 va 20-avgustda kurs biroz oshib, 87,4500 somni tashkil etdi. 21-avgustda esa qiymat 87,4423 somga tushdi. Hafta oxiriga kelib, 22-avgustda dollar kursi 87,4480 som qilib belgilandi.

Umuman olganda, hafta davomida kursda katta tebranishlar kuzatilmadi — qiymat 87,43 som atrofida saqlanib qoldi. Bu esa Qirg‘izistonda milliy valyuta haftani nisbatan barqaror o‘tkazganini ko‘rsatadi.

Tojikiston

18-avgustda 1 dollar 9,3472 somoniy bo‘lgan bo‘lsa, 19-avgustda qiymat 9,3555 somoniygacha ko‘tarildi. 20-avgust kuni kurs biroz pasayib, 9,3520 somoniyni tashkil etdi. 21-avgustda esa yana o‘sib, 9,3681 somoniyni qayd etdi. Hafta oxiriga kelib, 22-avgustda kurs keskin oshib, 9,4078 somoniyga yetdi.

Umuman olganda, hafta davomida dollar kursi 0,0606 somoniyga ko‘tarilib, milliy valyutaning pasayishi kuzatildi.

Turkmaniston

2025-yil 18 – 22-avgust kunlari Turkmanistonda AQSh dollari kursi hafta davomida o‘zgarishsiz qoldi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 1 dollar 3,5000 manat qilib belgilangan va besh kun davomida hech qanday o‘zgarish qayd etilmadi.

Bu esa Turkmanistonda valyuta kursi qat’iy nazorat ostida saqlanayotganini va hafta davomida barqaror bo‘lganini ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri dollar kursi hafta davomida yil boshidan beri rekord darajada pasaygani haqida yozgan edi.

Shuningdek