Shota Rustaveli ko‘chasida transport harakati vaqtincha cheklanadi

eʼlon qilindi
Cheklov 2025-yil 24-avgustdan 31-avgustgacha davom etadi
Foto: Toshkent shahar hokimligi

Toshkent shahrida Shota Rustaveli ko‘chasida rekonstruksiya ishlari olib borilishi sababli avtotransport harakati vaqtinchalik cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi ma’lum qildi.

Cheklov Cho‘ponota va Shota Rustaveli ko‘chalari kesishmasidan («Birodarlik qabrlari» yodgorligi) boshlab, Shota Rustaveli ko‘chasining Mirobod ko‘chasi bilan kesishmasigacha («Grand Mir» mehmonxonasi aylanasi) bo‘lgan oraliqda amal qiladi.

Cheklov 2025-yil 24-avgustdan 31-avgustgacha davom etadi.

Rasmiylar noqulayliklar uchun uzr so‘rab, haydovchilarga muqobil yo‘nalishlardan foydalanishni tavsiya etmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Nukus va Shahrisabz ko‘chalari orasida tungi gastroko‘cha qurilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek