«O‘zbekiston 24» telekanali videolari bilan soxta xabarlar tarqatildi

eʼlon qilindi
Fuqarolardan bunday ma’lumotlarga ishonmaslik, ularni tarqatmaslik va rasmiy manbalardangina xabarlarni olish so‘raldi.
Foto: Cyber 102 / Telegram

Ijtimoiy tarmoqlarda «O‘zbekiston 24» telekanali videolarini sun’iy intellekt yordamida soxtalashtirib, go‘yoki «Amina» nomidan tez daromad olish mumkinligi haqida xabarlar tarqatilmoqda. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi ma’lum qildi.

Rasmiy manbalar bu ma’lumotlarni qat’iy rad etmoqda: ushbu xabarlar yolg‘on va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Video: Cyber 102

Fuqarolardan bunday ma’lumotlarga ishonmaslik, ularni tarqatmaslik va rasmiy manbalardangina xabarlarni olish so‘raldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan firibgarlar Farrux Zokirovning soxta tasvirlaridan foydalanib koʻpchilikni chuv tushirayotganligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek