
Samsung kompaniyasi navbatdagi Samsung Galaxy S26 seriyasi smartfonlarini taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Dgl nashrining ma’lum qilishicha, yangi qurilmalar an’anaga ko‘ra 2026-yilning yanvar-fevral oylarida Galaxy Unpacked tadbirida namoyish etilishi kutilmoqda.
Yangi nomlanish tizimi
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung standart modelni to‘xtatib, uning o‘rniga Galaxy S26 Pro smartfonini taqdim etishi mumkin. Bundan tashqari, avvalgi Plus modelining o‘rnini Galaxy S26 Edge egallashi kutilmoqda.
Ehtimoliy o‘zgarishlar

Galaxy S26 seriyasida kamera tizimida sezilarli yangiliklar bo‘lishi aytilmoqda. Ekran o‘lchamlari va batareya sig‘imlari ham biroz kattalashishi mumkin.
Narxi
Hozircha aniq narx haqida ma’lumot yo‘q. Lekin dastlabki taxminlarga ko‘ra, Galaxy S26 seriyasining boshlang‘ich modeli $799 atrofida bo‘lishi mumkin. Bu Galaxy S25 seriyasidan biroz qimmatroq bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Narxning oshishi smartfon bozoridagi umumiy tendensiya – komponentlar qimmatlashuvi va yangi texnologiyalar joriy etilishi bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri amsung Galaxy S26 seriyasi o‘zidan oldingi modellardan ham yupqaroq bo‘lishi kutilayotgani haqida yozgan edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, barcha Galaxy S26 modellari Galaxy S25 seriyasidan yupqaroq bo‘ladi. Bu nafaqat ko‘rinishga, balki qurilmani ushlash qulayligiga ham ijobiy ta’sir qiladi.
Shu bilan birga, samsung batareya sig‘imini ham oshirishni rejalashtirayotgani aytilmoqda. Mutaxassislarning fikricha, kompaniya kremniy-uglerod texnologiyasidan foydalanishi mumkin. Bu esa 7000 mA·soat quvvatga ega akkumulyatorni yupqa korpusga joylashtirish imkonini beradi.