Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi

eʼlon qilindi
Bu haqdagi maktubni Ukraina rahbari ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali e’lon qildi
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi. Foto: prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni mamlakatning Mustaqillik kuni munosabati bilan tabrikladi. Bu haqdagi maktubni Ukraina rahbari ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali e’lon qildi.

Zelenskiyning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahafasidan

Tabriknomada davlat rahbari Ukraina rahbariga mustahkam sog‘liq, tinchlik va farovonlik tiladi hamda ikki davlat o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik va hamkorlik munosabatlari kelgusida ham umumiy manfaatlar yo‘lida rivojlanishiga ishonch bildirdi.

Vladimir Zelenskiy esa o‘zining X (Twitter) sahifasida prezident Mirziyoyevga samimiy tabrik uchun minnatdorlik izhor etdi. U O‘zbekiston rahbarining Ukrainaga nisbatan insonparvarlik tashabbuslarini, jumladan, ukrainalik bolalarning mamlakatimizda dam olishini tashkil etish hamda Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tutgan pozitsiyasini yuqori baholadi.

Bundan avval Putin Zelenskiyga Moskvada ikki taraflama uchrashuv o‘tkazishni taklif qilgani haqida yozgandik.

Shuningdek