Bir guruh harbiy va huquq-tartibot xodimlari mukofotlandi

Prezident farmoniga ko‘ra, davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan mamlakat xavfsizligi, qonun ustuvorligini ta’minlash va jamoat tartibini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun bir guruh harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mukofotlanganlar orasida Qurolli Kuchlar, Milliy gvardiya, Ichki ishlar, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar, Bojxona, Adliya tizimi vakillari hamda sud organlari xodimlari bor.
Mukofot nomi | F.I.Sh | Lavozimi |
---|---|---|
I darajali «Shon-sharaf» ordeni | Qodirov G‘ayrat Toirovich | Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i |
«Mardlik» ordeni | Qurbonov Dostonbek Zafarjon o‘g‘li | DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisi |
«Mardlik» ordeni | Ismoilov Abduvoxid Salomovich | Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i |
«Mardlik» ordeni | Tursunov Ikromjon Normurodovich | Buxoro viloyati IIB boshlig‘i |
«Mardlik» ordeni | Yusupov Sanjar Abdukarimovich | Mudofaa vazirligi boshqarmasi boshlig‘i |
«Do‘stlik» ordeni | Axmedjanov Timur Fatixovich | Mudofaa vazirligi harbiy qism bo‘lim boshlig‘i |
«Do‘stlik» ordeni | Gordiyenko Oksana Mixaylovna | Toshkent shahar IIBB Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi inspektori |
«Do‘stlik» ordeni | Tashkulov Akbar Djurabayevich | Adliya vaziri |
«Do‘stlik» ordeni | Fazilov Botir Naimovich | Milliy gvardiya markaziy devoni boshqarmasi boshlig‘i |
«Jasorat» medali | Bo‘ronov Jasurbek Botir o‘g‘li | Surxondaryo viloyati «Ayritom» chegara bojxona posti katta inspektori |
«Jasorat» medali | Davronov Lazizbek Raxmonovich | Mudofaa vazirligi guruh komandiri-yo‘riqchi |
«Jasorat» medali | Djalilov Rasul Abduganiyevich | Bekobod shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi katta yo‘riqchi-qutqaruvchisi |
«Jasorat» medali | Ismaylov Jenisbay Aminbayevich | Milliy gvardiya seksiya mutaxassisi |
«Jasorat» medali | Mirzaxmedov Akmal Nasridinovich (marhum) | Mudofaa vazirligi guruh mutaxassisi |
«Jasorat» medali | Ne’matov Jasur Rustamovich | Milliy gvardiya guruh komandiri |
«Jasorat» medali | Siddikova Mohigul Maxmudovna | Farg‘ona viloyati IIB patrul-post xizmati inspektori |
«Jasorat» medali | Yakubov Sobitjon Muminjon o‘g‘li | Andijon viloyati IIB tezkor vakili |
«Sodiq xizmatlari uchun» medali | Abduraxmanov Xasanboy Alisherovich | Namangan viloyati FVB smena boshlig‘i |
«Sodiq xizmatlari uchun» medali | Babayev Akmal Abdukarimovich | Milliy gvardiya o‘quv markazi boshlig‘i |
«Sodiq xizmatlari uchun» medali | Baynova Yamilya Salimyanovna | Xorazm viloyati Davlat arxivi bosh arxivchisi |
«Sodiq xizmatlari uchun» medali | Botirov Nodir Baxtiyorovich | Mudofaa vazirligi markaziy apparati bo‘lim bosh serjanti yordamchisi |
«Sodiq xizmatlari uchun» medali | Ziyatov Asamiddin Xolmuminovich | Samarqand viloyati YHXB yo‘l-patrul inspektori |
«Sodiq xizmatlari uchun» medali | Qoryog‘diyev Laziz Norqulovich | Buxoro viloyati Bojxona boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i |
«Sodiq xizmatlari uchun» medali | Mirzaraximov Shavkatjon Joldoshovich | Milliy gvardiya komandirining birinchi o‘rinbosari |
«Sodiq xizmatlari uchun» medali | Muhammadiyev Sherali Safarovich | Qashqadaryo viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi bosh eksperti |
«Sodiq xizmatlari uchun» medali | Nosirov Abduxalil Rustamovich | Buxoro viloyati Jondor tumani IIB boshlig‘i |
«Sodiq xizmatlari uchun» medali | Sabirov Ajibay Maxametsaliyevich | Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV bo‘lim boshlig‘i |
«Sodiq xizmatlari uchun» medali | Sulaymanov Ulmas Nazarovich | Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Yangiyer bo‘limi boshlig‘i |
«Sodiq xizmatlari uchun» medali | Tadjiyev Ibragim Isakovich | Oliy sud sudyasi |
«Sodiq xizmatlari uchun» medali | Tleubayev Allayar Baxtiyarovich | Mudofaa vazirligi harbiy qism bosh serjanti |
«Sodiq xizmatlari uchun» medali | Usanov Otabek Eshqobulovich | Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani prokurori |
«Sodiq xizmatlari uchun» medali | Xalilov Umar Muxammadovich | FVV maxsus boshqarmasi yo‘riqchi-qutqaruvchisi |
«Sodiq xizmatlari uchun» medali | Shodiyev Erkin Samiyevich | Milliy gvardiya guruh mutaxassisi |
«Sodiq xizmatlari uchun» medali | Ermatov Bunyodjon Sirochidinovich | Milliy gvardiya mutaxassisi |
«Sodiq xizmatlari uchun» medali | Yuldashev Jonibek Zaripbayevich | Mudofaa vazirligi guruh yo‘riqchi-serjanti |
«Sog‘lom turmush» medali | Xudaynazarov Mansurbek Baxtiyorovich | Mudofaa vazirligi harbiy gospitali boshlig‘i |
«Shuhrat» medali | Aliyev Mirazim Akmalovich | Bojxona qo‘mitasi Milliy kinologiya markazi bo‘lim boshlig‘i |
«Shuhrat» medali | Ataxanov Dastan Kadirbayevich | Nukus shahar FVB yo‘riqchi-qutqaruvchisi |
«Shuhrat» medali | Ashirmatova Barno Saataliyevna | Milliy gvardiya markaziy devoni katta ofitseri |
«Shuhrat» medali | Mavlonov Mardon Abduxamid o‘g‘li | Mudofaa vazirligi guruh mutaxassisi |
«Shuhrat» medali | Mansurova Zulfiya Saidmurodovna | Mudofaa vazirligi bosh boshqarmasi bosh mutaxassisi |
«Shuhrat» medali | Murzayev Rustam Kamilovich | Bojxona qo‘mitasi Markaziy laboratoriyasi boshlig‘i o‘rinbosari |
«Shuhrat» medali | Murodov Zoir Zokirovich | G‘ijduvon tumani FVB boshlig‘i o‘rinbosari |
«Shuhrat» medali | Narjigitov O‘tkir Arzikulovich | Chinoz tumani IIB katta tergovchisi |
«Shuhrat» medali | Nurjanov Ziyodbek Erkinovich | Milliy gvardiya guruh komandiri |
«Shuhrat» medali | Rustamov Sardorbek Axmatjonovich | Andijon tumanlararo iqtisodiy sudi raisi |
«Shuhrat» medali | Rustamov Tursunboy Baxtiyorovich | Majburiy ijro byurosi Navoiy shahar bo‘limi boshlig‘i |
«Shuhrat» medali | Suvanov Alisher Karimovich | Jarqo‘rg‘on tumani FVB qutqaruvchi-yong‘in o‘chiruvchisi |
«Shuhrat» medali | Hazratqulov Zahriddin Sobirjanovich | Bosh prokuratura boshqarmasi boshlig‘i |
«Shuhrat» medali | Xaydarov Muzaffar Raxmonaliyevich | Uchqo‘rg‘on tumani IIB profilaktika katta inspektori |
«Shuhrat» medali | Xudayberdiyeva Roxila Axmadovna | Navoiy viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi |
«Shuhrat» medali | Xudoyberdiyev Baxodir Abdurayimovich | Angor tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi direktori |
Farmonda ta’kidlanganidek, mukofot egalari yurt tinchligi va milliy manfaatlarni himoya qilishda mardlik va fidoyilik ko‘rsatgani, yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda hamda sohada ko‘p yillik xizmatlari uchun e’tirof etildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham ba’zi yurtdoshlarimiz davlat mukofotlari bilan taqdirlangan edi.