O‘zbekistonga eng ko‘p xurmo Erondan yetkazib berilmoqda

eʼlon qilindi
9,8 ming tonna
O‘zbekiston yetti oyda to‘qqiz million dollarlik xurmo importi qildi. Foto: medAll

2025-yilning yanvar – iyul oylarida O‘zbekistonga 17 ta davlatdan jami 12,6 ming tonna arab xurmosi import qilingan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, import hajmining qiymati $9 millionni tashkil etgan. Import hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,9 ming tonnaga oshgan.

Joriy yilning yetti oyida O‘zbekistonga eng ko‘p arab xurmosi Eron tomonidan – 9,8 ming tonna hajmda yetkazib berilgan. Shuningdek, Tunisdan 810 tonna, Turkiyadan 396 tonna, Saudiya Arabistonidan 245 tonna, Qozog‘istondan 230 tonna, Ozarbayjondan 224 tonna va Birlashgan Arab Amirliklaridan 196 tonna xurmo import qilingan. Boshqa davlatlardan esa 624 tonna xurmo olib kirilgan.

Bundan avval Kursiv Uzbekistan 2024-yil mobaynida O‘zbekiston Rossiyaga eng ko‘p xurmo eksport qilgani haqida yozgandi. Unga ko‘ra, yil mobaynida xorijga 85,7 ming tonna xurmo eksport qilgan. Ushbu mahsulotning umumiy qiymati $57 millionni tashkil etgan.



Shuningdek