O‘zbekistonlik kurashchi Aytjan Xalmaxanov ikkinchi marta jahon chempioni bo‘ldi

25-avgust 2025 13:47 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Temur Djanzakov

Temur Djanzakov

Muxbir t.jonizoqov@kursiv.media
Aytjan Xalmaxanov
O‘zbekistonlik kurashchi Aytjan Xalmaxanov yana jahon chempioni bo‘ldi / Foto: Olimpic uz

O‘zbekistonlik sportchi Aytjan Xalmaxanov sport kurashlari boʻyicha U20 yosh toifasida jahon chempionatida ikkinchi marta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Musobaqa Bolgariyaning Samokov shahrida o‘tkazildi. Xalmaxanov yunon-rum kurashida 63 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida ishtirok etdi.

Final bahsida u Armaniston vakilini yirik hisob — 12:2 bilan mag‘lubiyatga uchratdi. Uch yil avval ham Aytjan Xalmaxanov Rimda o‘tkazilgan yoshlar jahon chempionatida oltin medal sohibi bo‘lgan edi.

Avvalroq Oʻzbek futbol klubi City Football Group tizimiga qoʻshilishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek