Xiaomi 16 Pro yangi displiyda taqdim etiladi

25-avgust 2025 17:32 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Xiaomi 16 Pro
Xiaomi 16 Pro yangi displiyda taqdim etiladi / Foto: Xiaomi Time

Xiaomi 16 Pro smartfoni jiddiy o‘zgarishlar bilan taqdim etiladi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.

Smartfon 6,8 dyuymli tekis OLED LTPO displeyga ega bo‘lishi kutilmoqda. Uning 2K aniqlikda ishlashi va juda ingichka ramka bilan chiqarilishi aytilmoqda. Yangi Eye Care texnologiyasi esa ekranni bir vaqtning o‘zida yorqin va ko‘zlar uchun qulay qiladi. Taqqoslash uchun, o‘tgan yilgi Xiaomi 15 Pro 6,73 dyuymli OLED panel bilan chiqqan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xiaomi 16 Pro orqa tomonda uch kamerali modul bilan jihozlanadi. Manbada datchiklar haqida to‘liq aytilmagan, ammo suratga olish sifati iPhone darajasiga yaqin bo‘lishi kutilmoqda.

Avvalroq tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Xiaomi 16 seriyasi uch modeldan iborat bo‘ladi. Ular Xiaomi 16, Xiaomi 16 Pro va Xiaomi 16 Pro Mini.

Esaltib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan 7000 mA·soat batareyaga ega Redmi Note 15 R taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek