Qirg‘izistondagi 5 balli zilzila O‘zbekistonning ikkita viloyatida sezildi
eʼlon qilindi
Farg‘ona va Andijon viloyatlarida sezildi

Kecha, 25-avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:59:52 da O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, zilzila episentri Toshkentdan 343 km janubiy-sharqda bo‘lib, sezilish kuchi 5 ballni tashkil etdi.
Zilzilaning magnitudasi 4,6 ni tashkil etgan bo‘lsa, chuqurligi 15 km edi. Episentri Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh shahri bo‘ldi.
Zilzila quyidagi ikkita viloyatda sezildi:
- Farg‘ona viloyatida 2 ball, 107 km;
- Andijon viloyatida 2 ball, 119 km;
Episentrning aniq koordinatalari: 39,81 N, 72,79 E. Zilzila oqibatida jiddiy shikastlanishlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent viloyatida 2,9 magnitudali zilzila qayd etilgani haqida yozgandi.