
Nubia kompaniyasi yangi Red Magic 11 Pro o‘yin smartfonini ilk bor Geekbench bazasida ko‘rsatdi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.
Qurilma NX809J raqami ostida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, u hali sentabrda taqdim etilishi kutilayotgan Snapdragon 8 Elite 2 chipida ishlaydi.

Test natijalariga ko‘ra, protsessor ikkita yuqori samarali yadroni 4,19 Hz chastotada, yana oltita yadro esa 3,63 Hz tezlikda ishlaydi. Grafik imkoniyatlar uchun Adreno 840 javob beradi. Smartfon 16 GB operativ xotira va Android 16 operatsion tizimi bilan sinovdan o‘tkazilgan.
Geekbench’da Red Magic 11 Pro bir yadroda 3309 ball, ko‘p yadroda esa 10 742 ball to‘plagan. Qiziq jihati shundaki, shu bazada Galaxy smartfonlari uchun mo‘ljallangan, overklok qilingan Snapdragon 8 Elite 2 ham paydo bo‘ldi. Uning bir yadrosi 4,74 Hz chastotada ishlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan noyob dizaynga ega 5 ta smartfon haqida yozgan edi.