MG4 Anxin Edition avtomobili taqdim etildi

26-avgust 2025 10:07 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
MG4 Anxin Edition avtomobili
MG4 Anxin Edition avtomobili taqdim etildi / Foto: CarNewschina

MG Motors kompaniyasi MG4 Anxin Edition nomli maxsus krossover versiyasini taqdim etdi. Bu haqda 4pda nashri xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, avtomobil dunyoda birinchi bo‘lib polutvrdotelli (yarim qattiq) batareya bilan ishlab chiqarilmoqda.

Foto: 4pda

Yangi model Suzhou QingTao Power Technology ishlab chiqargan marganets-litiy batareyasi bilan jihozlanadi. Oddiy LFP (litiy-temir-fosfat) akkumulyatorlarga qaraganda u sovuq havoda yaxshiroq ishlash, tezroq zaryad olish va yuqori xavfsizlik imkoniyatlarini beradi. Shuningdek, xizmat muddati uzoqroq bo‘lishi va ko‘proq zaryadlash sikllariga bardosh berishi kutilmoqda.

Rasmiy hujjatlarga ko‘ra, MG4 Anxin Edition 2025-yil sentabr oyida sotuvga chiqadi. Dizayni standart MG4’ga o‘xshash bo‘ladi, ammo yangi batareya tufayli sig‘im va yurish masofasi kattaroq bo‘ladi.

Foto: 4pda

Anxin Edition modeli boshqalariga qaraganda bo‘lishi mumkin. MG kompaniyasi polutvrdotelli batareyani seriyali ishlab chiqarishga birinchi bo‘lib olib chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, «Kursiv» O‘zbekiston sharoitida oilaviy foydalanish uchun 5 ta eng yaxshi avtomobil haqida maqola e’lon qilgan edi.

Shuningdek