TAQA kompaniyasi O‘zbekistondagi suv loyihalariga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda

Abu-Dabining TAQA kompaniyasi turli mamlakatlar, jumladan, O‘zbekiston va Marokashdagi suv loyihalariga milliardlab dollar sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.
Shu maqsadda kompaniya Ispaniyaning GS Inima kompaniyasini $1,2 milliardga sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. TAQA mazkur kompaniyani suv ta’minoti va tozalash sohasida xalqaro kengayishning asosiy vositasiga aylantirmoqchi.
Mazkur kelishuv BAAdan tashqarida TAQA uchun eng yirigi bo‘ldi. Uning yordamida kompaniya Braziliya va Meksika kabi sakkizta yangi bozorga chiqadi.
GS Inima 50 ga yaqin loyihalarni boshqaradi, ulardan 30 ga yaqini uzoq muddatli davlat-xususiy sheriklik sxemalari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Kelgusi yil mazkur bitim rasman kuchga kirgandan so‘ng TAQA o‘zining sho‘r suvni chuchuklashtirish quvvatlarini kuniga 171 million gallonga oshirib, umumiy ko‘rsatkichni 1 250 million gallonga yetkazadi.
Shuningdek, kompaniya oqava suvlarni tozalash hajmini kuniga 2,6 million kub metrga oshiradi va 2030-yilga borib suvning uchdan ikki qismini teskari osmos texnologiyasi orqali olish maqsadiga yaqinlashadi (hozirda 40%). Moliyalashtirish TAQA’ning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Bundan avval Raqobat qo‘mitasi Singapur kompaniyasi bilan O‘zbekistonning Multinational Mine Group korxonasi o‘rtasida bitim ma’qullanganini e’lon qilgandi.