Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

eʼlon qilindi
Barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi / Foto: Mielenkaari

Bosh prokuratura departamenti tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlarda bir nechta noqonuniy holatlar fosh etildi. Bu haqda departament matbuot xizmati ma’lum qildi.

Chust tumanida fuqarolar elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 148,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan foydalanishgan. Rishton tumanida esa «N.L.» MCHJ rahbari ishlab chiqarish binosidagi qozonni umumiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulab, 186 mln so‘mlik tabiiy gazni sarflagan.

Buvayda tumanida «Sh.Z.» fermer xo‘jaligi rahbari va «S.F.» oilaviy korxonasi rahbari tomonidan jami 126,1 mln so‘mlik energiya resurslari noqonuniy ishlatilgani aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda 109,2 million so‘mlik aksiz markasiz tamaki mahsulotlari to‘xtatilgan edi.

Shuningdek