O‘zbekistonlik yoshlar xalqaro kosmik turnirda g‘alaba qozondi

Moskva va Korolyov shaharlarida o‘tkazilgan xalqaro kosmik turnir final bosqichida Rossiya, O‘zbekiston, Hindiston va BAAdan kelgan maktab o‘quvchilari hamda talabalar ishtirok etdi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, ishtirokchilar IntroSat (CubeSat 3U formati) o‘quv sun’iy yo‘ldoshlari bo‘yicha ishlanmalar tayyorlab, ularni 24 km balandlikka stratosferaga uchirishdi.
Musobaqada O‘zbekiston jamoasi yuqori natijalarni ko‘rsatib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu yutuq yoshlarning kosmik texnologiyalar sohasida amaliy tajriba orttirish, muhandislik ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda xalqaro miqyosda raqobatbardoshligini namoyish etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston «Bayterek» orqali kosmik yuklarni uchirishga tayyorlanayotgani haqida xabar bergan edik.