Fond bozori: «Oʻzbektelekom» aksiyalari oshdi, «Hamkorbank» aksiyalari esa keskin pasaydi

eʼlon qilindi
Ikki hafta o‘sishdan keyin «Hamkorbank» aksiyalari 11,65 foizga arzonlashdi
fond bozori
«Hamkorbank» aksiyalari keskin tushdi. Foto: ION Group

Ikki hafta ketma-ket yuqori o‘sishdan keyin «Hamkorbank» aksiyalari keskin arzonlashdi. «O‘zbektelekom»ning esa ham imtiyozli, ham oddiy aksiyalarida o‘sish qayd etildi.

«Toshkent» respublika fond birjasida (RFB) joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 18-avgustdan 22-avgustgacha bo‘lgan davrda turli dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 2,32 foizga o‘sdi.

Mazkur indeks bundan oldin ketma-ket to‘rt hafta pasayishni qayd etgandi. Shuningdek, o‘tgan haftada ko‘plab aksiyalar narxi ham qimmatlashdi.

Masalan, «O‘zbektelekom»ning imtiyozli va oddiy aksiyalari mos ravishda eng katta o‘sishga erishib, 6,29 va 5,18 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «Qo‘qon mexanika zavodi» (+2,94%) aksiyalarida ham o‘sish qayd etildi.

Biroq «Hamkorbank» aksiyalari 11,65 foizga arzonlashib, haftaning eng katta pasayishini qayd etdi. Bundan tashqari, «Kvarts» (-6,45%) va «Biokimyo» aksiyalari (-2,94%) ham pasayish bilan ajralib turdi. Faqat «O‘zmetkombinat» va «Aloqabank» aksiyalari narxida o‘zgarish kuzatilmadi.

Ushbu davrda bitimlar soni bo‘yicha «O‘zsanoatqurilishbank» (4 167 ta), «Kapital sug‘urta» (1 389 ta) va «O‘zRTXB» (469 ta bitim) peshqadam bo‘ldi.

Aksiyalar bozorida ushbu haftada hajm bo‘yicha esa «O‘zRTXB» (268,54 mln so‘m) yetakchilik qildi. «O‘zbektelekom» (127,28 mln so‘m) va «O‘zsanoatqurilishbank» aksiyalari (92,96 mln so‘m) yuqori uchlikdan joy oldi.

Yuqori likvidli aksiyalardan 12 tasi haftani ijobiy, ikkitasi o‘zgarishsiz, qolgan to‘qqiztasi salbiy natija bilan yakunladi. Birjaviy savdolarning asosiy maydonchadagi umumiy hajmi 2,27 mlrd so‘m bo‘ldi.

«Toshkent» respublika fond birjasida (RFB) joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 11-avgustdan 15-avgustgacha bo‘lgan davrda turli dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 0,74 foizga tushgandi.

Ushbu davrda «Hamkorbank» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 31,98 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «Ipak yo‘li» (+12,97%) va «Qo‘qon mexanika zavodi» (+12,83%) aksiyalarida ham o‘sish qayd etildi.

Biroq «Aloqabank»ning oddiy aksiyalari 4,44 foizga arzonlashib, haftaning eng katta pasayishini qayd etdi. Bundan tashqari, «O‘zbektelekom» (-2,29%) va «Chilonzor buyum savdo kompleksi» aksiyalari (-1,35%) ham pasayish bilan ajralib turdi. 

Shuningdek