Qirg‘izistondagi 5 balli zilzila yana O‘zbekistonda sezildi

eʼlon qilindi
Farg‘onada sezildi
Qirg‘izistonda zilzila
Foto: Facebook.com

Bugun, 26-avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:31:24 da O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, zilzila episentri Toshkentdan 287 km janubiy-sharqda bo‘lib, sezilish kuchi 5 ballni tashkil etdi.

Zilzilaning magnitudasi 4,1 ni tashkil etgan bo‘lsa, chuqurligi 10 km edi. Episentri Qirg‘iziston Respublikasi Botken viloyati bo‘ldi.

Zilzila quyidagi ikkita viloyatda sezildi:

  • Farg‘ona shahrida 2 ball, 68 km;
  • Farg‘ona tumanida 2 ball, 61 km;
  • Quvasoy tumanida 2 ball. 57 km.

Episentrning aniq koordinatalari: 39,79 N, 72 E. Zilzila oqibatida jiddiy shikastlanishlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.  

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 25-avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:59:52 da O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘lgani haqida yozgandi.

Shuningdek