OpenAI va Sem Altman ChatGPT o‘smirning o‘z joniga qasd qilishi ortidan sudga berildi

eʼlon qilindi
OpenAI esa chuqur hamdardlik bildirgan
OpenAI va Sem Altman ChatGPT o‘smirning o‘z joniga qasd qilishi ortidan sudga berildi / Foto: Driving Eco

Kaliforniyada 16 yoshli o‘smir Adam Reynning o‘z joniga qasd qilishi ortidan uning ota-onasi OpenAI va kompaniya rahbari Sem Altman ustidan sudga da’vo kiritdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar qildi.

Da’voga ko‘ra, ChatGPT o‘smir bilan oylar davomida suhbatlashib, xavfli usullar haqida batafsil ma’lumot bergan va hatto xayrlashuv xatini yozishda yordam taklif qilgan.

Ota-onalar kompaniyani xavfsizlikdan ko‘ra foydani ustun qo‘yganlikda ayblamoqda. Da’vo OpenAI’ni nohaq o‘lim uchun javobgarlikka tortish, foydalanuvchilar yoshini tekshirish va psixologik xavflar haqida ogohlantirish tizimlarini joriy etishga majburlashni ko‘zlaydi.

OpenAI esa chuqur hamdardlik bildirgan holda ChatGPT’da xavfsizlik choralarini kuchaytirish, ota-onalar nazorati va inqirozda yordam tarmoqlarini yaratish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Mask asos solgan xAI startapi AQShning Texas shtatida Apple va OpenAIga qarshi sud da’vosi kiritgan edi.

Shuningdek