Mustaqillik bayrami munosabati bilan ichki sayohatlarga chegirmalar e’lon qilindi

eʼlon qilindi
20 foizgacha
Turizm
Mustaqillik bayrami munosabati bilan ichki sayohatlarga chegirmalar e’lon qilindi. Foto: Tourism Uzbekistan

O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan ichki turizmni rivojlantirish va aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida bir qator chegirmalar joriy etildi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, quyidagilarga 20 foizgacha chegirma qo‘llanadi:

  • madaniy meros obyektlari, muzeylar va yodgorliklarga kirish chiptalariga;
  • mehmonxonalar, mehmon uylari va xostellardagi xizmat narxlariga;
  • ayrim ekskursiya va sayohat xizmatlariga.

Chegirma asosidagi mehmonxonalar, mehmon uylari va xostellar bilan ushbu portal.gov.uz havolasi orqali tanishishingiz mumkin.

«Ayni vaqtda turizm sohasi vakillari va mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda turli madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar, ichki turizm yarmarkalari va bayram aksiyalarini tashkil etish bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda», deyiladi qo‘mita xabarida.

Prezident topshirig‘iga ko‘ra, ichki turizmni keng targ‘ib qilish ishlari doirasida har yili Davlat budjetidan 20 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan. Madaniy meros obyektlari restavratsiyasiga esa kamida $4 mln grant jalb etiladi.

Shuningdek, davlat rahbari O‘zbekistonning barcha tarixiy obidalariga kirish imkonini beruvchi «yagona turistik karta» joriy etilishini ma’lum qildi. Bundan tashqari, har oyning bitta shanba va yakshanbasi – «oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish» kuni etib e’lon qilingan.

Avvalroq 2028-yilgacha mehmonxona va turistik maskanlar qurishga besh ming gektar yer auksionga chiqarilishi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek