«Qayrat» penaltilarda «Seltik»ni mag‘lub etib, ilk marta Chempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqdi

eʼlon qilindi
Dastlabki uchrashuv ham 0:0 hisobida yakunlangandi
Foto: Championat.asia

Yevropa Chempionlar ligasi saralashining hal qiluvchi bahsida Olmaota klubi «Qayrat» penaltilar seriyasida g‘alaba qozonib, YChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Uchrashuv asosiy va qo‘shimcha vaqtda golsiz yakunlandi. Natijada g‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda Olmaotaning «Qayrat» klubi 3:2 hisobida ustun kelib, g‘alabani qo‘lga kiritdi. Dastlabki o‘yin ham 0:0 hisobida tugagan edi.

Shunday qilib, «Qayrat» tarixiy natija qayd etdi va endi Chempionlar ligasi guruh bosqichida kuchli klublarga qarshi maydonga tushadi.

Bu natija orqali «Qayrat» UEFA tomonidan belgilangan 20 mln yevroga yaqin mukofot puli oladi. Bungacha Qozog‘iston klublaridan faqat «Astana» 2015/2016-yilgi mavsumda Chempionlar ligasi guruh bosqichida o‘ynagan.

Ma’lumot uchun, «Qayrat» o‘tgan mavsum 47 ochko bilan mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgandi. Jamoa 2-o‘rindagi «Astana»dan atigi 1 ochko ko‘proq jamg‘arishga muvaffaq bo‘lgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Fayzullayev debyut qilgan o‘yinda «Bashakshehir» mag‘lub bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek