Skoda Superb 16,8 ming dollardan sotilmoqda

27-avgust 2025 10:59 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Skoda Superb
Skoda Superb Xitoyda $16,8 mingdan sotilmoqda / Foto: Skoda / Manba: No Limits

Xitoyda Skoda yangi avtomobillariga katta chegirmalar e’lon qildi. Bazaviy Skoda Superb avtomobili avval $23,5 ming bo‘lgan bo‘lsa, hozir $16,8 mingga sotilmoqda.

O‘zbekiston bozorida bu mashinalar yetkazib berish va rasmiylashtirish xarajatlari bilan birga 350 mln so‘m atrofida. Bu ularni Chery Teggo 7 Pro Max va Geely Preface kabi xitoy sedanlariga nisbatan arzonroq alternativaga aylantirmoqda.

Xitoyda sotilayotgan Skoda Superb avtomobillari 2,0 litrli turbo dvigatel (220 ot kuchi) va 7 pog‘onali DSG robot uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.

Ma’lumot uchun, Skoda Yevropaning eng qadimiy avtomobil ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lib, uning tarixi 1895-yilda Chexiyada asos solingan Laurin & Klement ustaxonasidan boshlanadi.

1925-yilda kompaniya Škoda Works konserniga qo‘shilib, zamonaviy avtomobil brendiga aylandi. Bugungi kunda Skoda Germaniyaning Volkswagen konserniga qarashli bo‘lib, global miqyosda mashhur avtomobil ishlab chiqaruvchilar qatorida turadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Skoda kompaniyasi yangi Elroq vRS elektromobilini taqdim etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek