
Apple kompaniyasi 9-sentabr kuni iPhone 17 seriyasini taqdim etadi. Bu haqda kompaniya saytida ma’lum qildi.
Yangi avlod iPhone’lar quyidagi modellardan iborat bo‘ladi:
- iPhone 17;
- iPhone 17 Air (avvalgi Plus o‘rniga);
- iPhone 17 Pro;
- iPhone 17 Pro Max.

Air modeli Plus o‘rnini egallaydi, chunki u avvalgi seriyada eng kam sotilgan telefon bo‘lgan. Apple bu yangi nom bilan ko‘proq xaridor jalb etishga umid qilmoqda.
Tadbir Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi. An’anaga ko‘ra, tadbir Apple’ning Kaliforniya shtati Kupertino shahridagi bosh qarorgohida joylashgan Stiv Jobs nomidagi teatrda o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Apple bukiladigan iPhone’da Face ID o‘rniga Touch ID qo‘llashi haqida yozgan edi.