16 ming dollarlik Chery Jetour Shanhai L7 Plus taqdim etildi

27-avgust 2025 14:39 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chery Jetour Shanhai L7 Plus
16 ming dollarlik Chery Jetour Shanhai L7 Plus taqdim etildi / Foto: CarNewschina

Chery kompaniyasiga qarashli Jetour brendi yangi Jetour Shanhai L7 Plus gibrid SUV modelini rasman taqdim etdi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Yangi avtomobil besh va yetti o‘rinli variantlarda ishlab chiqariladi. Yetti o‘rinli versiyada barcha o‘rindiqlar elektr boshqaruv funksiyasiga ega. Besh o‘rinli Jetour Shanhai L7 Plus oltita komplektatsiyada taklif qilinmoqda. Narxlar 119 900 yuandan ($16,7 ming boshlanib, 161 900 yuangacha ($22,5 ming) yetadi.

Foto: CarNewsChina

Avtomobil Chery’ning Kunpeng Super Hybrid C-DM tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, umumiy yurish masofasi 1700 kmni tashkil etadi.

Modelning dizayni zamonaviy yoritish texnologiyalari bilan to‘ldirilgan. Old faralar C-shakldagi kunduzgi chiroqlar va aqlli haydash ko‘k chiroqlari bilan uyg‘unlashtirilgan. Yon ventilyatsiya teshiklari va pastki havo kirish qismi esa avtomobilni sovutish ehtiyojlariga moslashtirilgan. Orqa qismda ham integrallashgan orqa chiroqlar vertikal bloklar bilan birlashtirilgan.

Foto: CarNewsChina

SUV’ning uzunligi 4810 mm, kengligi 1930 mm, balandligi 1705 mm. G‘ildirak bazasi 2820 mmni tashkil qiladi.

Mashina 20 dyuymli ko‘p spikali diskalar va Giti 235/50 R20 shinalar bilan jihozlangan.

Salon markazida 50 vattli tezkor simsiz zaryadlovchi maydonchasi mavjud. Shuningdek, 6,4 litrli muzlatgich qo‘l tayanchiga integratsiya qilingan bo‘lib, u -6℃ gacha sovitishi yoki 50℃ gacha isitishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Jetour X70 PLUS 2026 rasman taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek