Turkiyada yuz bergan jinoyat O‘zbekiston fuqarolariga aloqador emas — Bosh konsulxona

eʼlon qilindi
22-avgustdagi jinoyat
Turkiyada yuz bergan jinoyat O‘zbekiston fuqarolariga aloqador emas. Foto: TIV

26-avgust kuni ayrim messenjerlarda «13 yashar o‘zbekistonlik bola Turkiyada odam o‘ldirishga urindi» sarlavhali maqola tarqatildi. O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi mazkur ma’lumotni tekshirdi.

Xabarda ta’kidlanishicha, ushbu voqea 22-avgust kuni Aksaray viloyatida sodir bo‘lgan va uning ishtirokchilari orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q. Ayblanuvchi 2012-yilda tug‘ilgan shaxs, jabrlanuvchi esa 2000-yilda tug‘ilgan fuqaro bo‘lib, ikkalasi ham boshqa davlat fuqarolari hisoblanadi.

«Ba’zan boshqa davlat fuqarolari tomonidan sodir etilgan jinoyatlar ayrim ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston fuqarolari bilan bog‘langan holda yoritilishi xalqimiz imijiga salbiy ta’sir etmoqda», — deyiladi konsulxona xabarida.

Shuningdek, chet davlatdagi fuqarolardan mahalliy qonunlarga qat’iy rioya qilishlari, favqulodda holatlarda esa Bosh konsulxonaga murojaat etishlarini tavsiya etiladi.

Bundan avval Bolgariyada o‘zbekistonlik yigit ukrainalik ayolni qutqarishga urinib halok bo‘lgandi.

Guvohlarning aytishicha, u kuchli to‘lqinlarga qaramay suvga sho‘ng‘ib, cho‘kayotgan ayol tomon suzgan. Biroq kuchli oqimdan chiqib keta olmagan. Uning jasadi yirik suv osti qoyalariga qisilib qolgan. Kuchli bo‘ron sabab qutqaruvchilar jasadni faqat ikki kundan so‘ng olib chiqargan.

Shuningdek