BYD Yangwang U9 472 km/soat tezlikka chiqib, dunyo rekordini o‘rnatdi

27-avgust 2025 17:33 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
BYD Yangwang U9
BYD Yangwang U9 elektr superkari 472,41 km/soat tezlikka chiqib, jahon rekordini yangiladi / Foto: CarNewsChina

BYD’ning premium BYD Yangwang U9 elektromobili 472,41 km/soat tezlikka erishdi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Natija test trassasida qayd etilib, modelni dunyodagi eng tezkor seriyaga tayyor elektr avtomobil sifatida tanitdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, rekordga erishishda bir nechta asosiy texnologik yechim muhim rol o‘ynadi. Avvalo, U9 dunyoda birinchi bo‘lib 1200V yuqori voltli platforma asosida ishlab chiqildi. Bu tizim elektr motorlariga energiyani ancha samarali olish imkonini beradi va barqaror yuqori quvvatni ta’minlaydi.

Foto: CarNewsChina

Ikkinchi muhim omil e4 platformasi (Yi Sifang) bo‘lib, u to‘rtta alohida yuqori unumdorlikka ega elektr motorlardan tashkil topgan. Har bir motorning quvvati 555 kVt bo‘lib, jami tizim kuchi 2977 ot kuchiga yetadi.

Shuningdek, U9’ning quvvat va og‘irlik nisbati 1217 Ps/tni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich mashinaga keskin tezlanish va rekord tezlikni ushlab turish imkonini beradi. Taqqoslash uchun, dunyo tezlik rekordini qo‘lida tutib turgan Koenigsegg Jesko Absolut modelining nisbati taxminan 1000 Ps/t.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan BYD Leopard Titanium 7 etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek