Yaponiya Fudzi vulqoni otilishi tasvirlagan SI-video bilan aholiga ogohlantirish berdi

eʼlon qilindi
Aholiga ikki haftalik oziq-ovqat olish tavsiya qilindi
Yaponiya Fudzi vulqoni otilishi tasvirlagan SI-video bilan aholiga ogohlantirish berdi / Foto: ABC News

Tokio hukumati Fudzi tog‘i vulqoni otilishi oqibatlarini ko‘rsatadigan sun’iy intellekt yordamida yaratilgan videoni taqdim etdi. Bu haqda CNN agentligi xabar berdi.

Videoda vulqon kuli ikki soat ichida Tokioda yetib kelib, havoni ifloslantirishi, transport, elektr ta’minoti va oziq-ovqat tarqatilishida jiddiy uzilishlarga sabab bo‘lishi mumkinligi tasvirlangan.

Foto: Wikipedia

Mutaxassislar hisobiga ko‘ra, keng ko‘lamli otilishda 1,7 mlrd kub metr vulqon kuli hosil bo‘ladi va iqtisodiy zarar 2,5 trln yen ($16,6 mlrd)gacha yetishi mumkin.

Video: Sun’iy intellekt

Hukumat aholiga ikki haftalik zarur mahsulotlarni zaxirada saqlashni tavsiya qilmoqda. Fudzi tog‘i vulqoni oxirgi marta 318 yil avval portlagan bo‘lsa-da, u hanuz faol hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Italiyada Etna vulqoni otilgani tasvirlangan video joylagan edik.

Shuningdek