«Toshkent – Sharqiy» aeroporti soatiga 100 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi

eʼlon qilindi
Loyiha qurilishi 2017-yilda boshlangan edi
«Toshkent – Sharqiy» aeroporti soatiga 100 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi / Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev 27-avgust kuni «Toshkent – Sharqiy» aerodromi negizida qurilgan yangi aeroportni borib ko‘rdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Loyihaning qurilishi 2017-yilda boshlangan bo‘lib, ayni damda zamonaviy biznes aviatsiya majmuasi sifatida foydalanishga tayyor holga keldi.

Foto: President.uz

561 gektar maydonda joylashgan aeroportda 4 km uzunlikdagi uchish-qo‘nish yo‘lagi, 20 ta havo kemasiga mo‘ljallangan perron, biznes-jetlar va yirik samolyotlar uchun angarlar barpo etildi. Shuningdek, VIP va CIP terminallar bunyod etilib, soatiga 100 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratildi.

Foto: President.uz

Aeroport ICAO III-A toifasidagi ilg‘or uskunalar bilan jihozlanib, noqulay ob-havo sharoitida ham uchish-qo‘nishni ta’minlaydi. Yangi majmua Toshkent va Yangi Toshkent uchun muhim transport markaziga aylanib, iqtisodiy aloqalar, ishbilarmonlik safarlari va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Foto: President.uz

Mirziyoyev bu aeroport mamlakat obro‘si va iqtisodiy taraqqiyotiga xizmat qilishini, Toshkent xalqaro aeroportidagi yuklamani kamaytirishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, sal avvalroq «Toshkent – Sharqiy» xalqaro aeroportiga ilk texnik qo‘nish amalga oshirilgan edi.

Shuningdek