Chevrolet Damas o‘rnini qaysi avtomobil egallashi mumkin

28-avgust 2025 18:39 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Damas
Chevrolet Damas avtomobili / Rasm ChatGPT yordamida sayqallandi / Manba: Kursiv Uzbekistan

Chevrolet Damas O‘zbekistonda uzoq yillar davomida eng ommabop va hamyonbop mikroavtobuslardan biri bo‘lib kelmoqda. U kichik biznes egalari, savdogarlar va oilalar uchun asosiy transport vositasiga aylangan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yil boshidan buyon 49,6 ming dona yangi Damas sotilgan. Shu yerda tabiiy savol tug‘iladi: kelgusida bu segmentda uning o‘rnini qaysi model egallashi mumkin?

Mahalliy ishlab chiqarishdagi yangi loyiha

Foto: Samijon Juraqulov / Kursiv Uzbekistan

2025-yil 23-yanvar kuni Sirdaryo viloyatidagi Asaka Motors zavodida Wuling N111 minivenining yig‘ilishi boshlangan.

Model 7 o‘rinli bo‘lib, 1,2 litrli, 82 ot kuchiga ega benzin dvigateli bilan jihozlangan. Mashina konditsioner va ABS tizimiga ega. Uning yonilg‘i sarfi 6,3 litr/100 km, yonilg‘i bak hajmi 38 litr, o‘lchamlari esa 3797×1510×1820 mm etib belgilangan. Narxi 126 mln so‘m atrofida belgilangan.

Wuling N111 / Foto: Autostrada

UzAuto ishlab chiqarishda yetakchi bo‘lgani uchun Wuling N111’ni yig‘ish va sinovdan o‘tkazishda ustunlikka ega. Chery va Changan modellari esa eksport bozorida sinovdan o‘tgan. Ular arzon narx va yaxshi yuk ko‘tarish qobiliyati bilan ajralib turadi. Shu bois Damas’ga muqobil sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin. Jetour brendi asosan SUV va krossover modellari bilan tanilgan.Masalan, Jetour X70 va Jetour T2 yo‘lovchi tashishga mos. Bu modellarning katta o‘tirish joyi jamoaviy tashishga qulay. Ammo ular ixcham van sinfiga to‘g‘ridan to‘g‘ri raqobatchi emas. Shunga qaramay, Jetour transportda muqobil variant bo‘la oladi.

Chevrolet Damas avtomobili
Foto: Samijon Juraqulov / Kursiv Uzbekistan

Bozordagi boshqa o‘yinchilar

O‘zbek bozorida Wuling bilan bir qatorda Xitoyning boshqa yirik brendlari ham ko‘rilmoqda. Masalan, Chery Karry Q22L (Youyou) modeli 8 – 11 o‘rinli miniven sifatida taklif qilinadi. U 1,2 litrli dvigatel (50 kVt) va 90 Nm moment bilan jihozlangan. Xitoydagi narxi 34 – 46 ming yuanni tashkil etadi, bu 80 – 90 mln so‘mga teng.

Yana bir variant — Changan KYC V7. Bu 5+2 o‘rinli mikrovan bo‘lib, 1,6 litrli benzinli dvigatelga ega. Xitoyda narxi $7200 – $8550 oralig‘ida, bu O‘zbekistonda 89 – 105 mln so‘m atrofida baholanadi.

Brendlarning imkoniyatlari

Wuling N111 Asaka Motors tomonidan yig‘ilayotgani sababli servis va ehtiyot qismlar tarmog‘i bosqichma-bosqich kengaytirilmoqda. 2025-yil oxirigacha bir nechta yangi dilerlik markazlari ochilishi rejalashtirilgan.

Chery va Changan modellari arzonligi va katta sig‘imi bilan ajralib turadi, ammo ularning O‘zbekistonda servis tarmog‘i va ehtiyot qismlar ta’minoti to‘liq yo‘lga qo‘yilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Tracker avtomobili sotib olishga arziydimi nomli maqolasini e’lon qilgan edi.

Shuningdek