Tramp ma’muriyati talabalar vizasiga to‘rt yillik cheklov joriy etmoqda

eʼlon qilindi
Xorijiy OAV vakillari uchun esa qolish muddati 240 kun qilib belgilanadi
Tramp ma’muriyati talabalar vizasiga to‘rt yillik cheklov joriy etmoqda / Foto: Teacher Magazine

AQSh Tramp ma’muriyati chet ellik talabalar va almashinuv dasturi ishtirokchilarining mamlakatda qolish muddatini qat’iy tartibga soluvchi yangi qoida loyihasini taqdim etdi. Bu haqda CNN agentligi ma’lum qildi.

Hozirda F vizasi bilan tahsil olayotgan talabalar o‘qishni tugatgach, 60 kungacha AQShda qolish huquqiga ega. Yangi tartib esa bu muddatni dastur davomiyligiga teng, ammo to‘rt yildan oshmagan holda belgilashni ko‘zda tutmoqda. Xorijiy OAV vakillari uchun esa qolish muddati 240 kun qilib belgilanadi.

Ichki xavfsizlik vazirligi vakillarining ta’kidlashicha, qoida mamlakatda chet ellik talabalarning ortiqcha qolib ketishining oldini olish va federal nazoratni yengillashtirishga qaratilgan.

Davlat departamenti ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilda 6 mingdan ortiq talabalar vizasi muddati buzilishi yoki qonunbuzarliklar sabab bekor qilingan. Bu o‘tgan yilning ayni davriga nisbatan qariyb to‘rt baravar ko‘p ko‘rsatkichdir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh davlat departamenti Gʻazo aholisi uchun viza berish jarayoni toʻxtatilganini ma’lum qilgan edi.

Shuningdek