Audi A7 va S7 ishlab chiqarilishini to‘xtatadi

eʼlon qilindi
Shimoliy Amerika mintaqasida
Audi A7 va S7 ishlab chiqarilishini to‘xtatadi / Foto: Coches.com

Audi kompaniyasi 2026-yildan boshlab Shimoliy Amerika bozorida A7 va S7 modellari ishlab chiqarilishini tugatishini ma’lum qildi. Ularning o‘rnini yangi A6 TFSI egallaydi, biroq yuqori unumdorlikka ega RS7 modeli savdoda qoladi, deya yozmoqda ITHome.

RS7 4,0 litrli ikki turbinali V8 dvigateli bilan jihozlangan bo‘lib, 621 ot kuchi va 850 Nm aylanish momentini ishlab chiqaradi.

A7 modeli joriy yilda AQSh bozorida yaxshi natijaga erishib, savdolar 48% ga oshdi. Mutaxassislar bu holatni Tramp ma’muriyati tomonidan kiritilishi mumkin bo‘lgan bojlar oldidan avtomobillarni faol xarid qilish bilan izohlamoqda.

Mutaxassislarning fikricha, Audi qarori global avtomobil bozoridagi tendensiyani ko‘rsatmoqda: sedan va xetchbeklarga talab pasayib borar ekan, krossover va yo‘ltanlamas avtomobillarga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Audi A5L Huawei avtopiloti bilan jihozlangani haqida yozgan edik.

Shuningdek