Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi magistraturasiga qabul tartibi belgilandi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Akademiyada oltita mutaxassislik bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi
Magistratura
Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi magistraturasiga qabul tartibi belgilandi. Foto: Belong Blog

Hukumat qarori bilan prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining magistraturasiga qabul qilish tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Akademiyada quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:

  • Hududlarni kompleks rivojlantirish;
  • Davlat boshqaruvi;
  • Inson resurslarini rivojlantirish;
  • Davlat siyosati;
  • Davlat moliyasini boshqarish.

Magistraturaga qabul davlat buyurtmasi asosida davlat granti va to‘lov-kontrakt shaklida amalga oshiriladi.

Shuningdek, davlat buyurtmasi bo‘yicha qabulni tashkil etish uchun idoraviy komissiya tuziladi. Nomzod komissiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • so‘nggi ikki yildagi faoliyati davomida amalga oshirgan ishlari haqida ma’lumot;
  • ma’lumotnoma (obyektivka);
  • qo‘shimcha yutuqlari (ilmiy daraja va unvon, xorijiy til sertifikati va boshqalar).

Magistraturaga qabul qilinganlarning kamida 30 foizi ayollardan iborat bo‘ladi. Davlat buyurtmasi asosida qabul ikki bosqichda — test sinovi va suhbat orqali o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, davlat granti asosida o‘qishga tavsiya etilgan nomzodlar rektor buyrug‘i bilan akademiya tinglovchilari sifatida qabul qilinadi.

Joriy yilning 29-avgust kuni ikkita nodavlat OTMga magistratura mutaxassisliklari uchun berilgan ruxsat bekor qilingandi. Bunga sabab sifatida o‘sha kuni soat 06:19 dan 09:53 gacha license.gov.uz axborot tizimida texnik nosozlik yuzaga kelgani keltirilgan. Ushbu nosozlik sabab ayrim nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining amaldagi litsenziyalariga o‘zgartirish kiritish haqidagi so‘rovlari bo‘yicha tizim tomonidan noto‘g‘ri ijobiy xulosalar shakllantirilgan. 

Shuningdek, 2025/2026-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga qabul natijalari joriy yilda 31-avgust kuni e’lon qilindi.

Shuningdek