O‘zbekistonda uy-joy sotib olishda keshbek joriy etilishi mumkin

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Jismoniy shaxslar uchun 4-5% miqdorda keshbek joriy etilishi mumkin
Foto: Roman Fedotov / Kursiv Uzbekistan

Endilikda uy-joy oldi-sotdisida yangi tartib, ya’ni keshbek tizimi joriy etishi mumkin. Bu haqda 29-avgust kuni Savdo-sanoat palatasi tomonidan qurilish sohasi vakillari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda ma’lum qilindi.

Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobovning ta’kidlashicha, hozirda uy-joylarning atigi 10 foizi qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) bilan rasmiylashtiriladi, qolgan 90 foizi esa soliqsiz sotiladi.

Shu sababli yashirin iqtisodiyot ulushi yuqori bo‘lib qolmoqda. Taklif etilayotgan mexanizmga ko‘ra, jismoniy shaxslar uchun 4-5% miqdorda keshbek joriy etilishi mumkin.

Bu orqali xaridorlar quruvchidan hisobvaraq-faktura talab qilishga manfaatdor bo‘ladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda kvartiralarning yangilangan ijara narxlari ma’lum bo‘lgani haqida yozgandi.

Shuningdek