Toshkent viloyatidagi yangi xalqaro aeroport uchun 1300 gektardan ortiq yer ajratiladi

eʼlon qilindi
O‘rta Chirchiq va Quyi Chirchiq tumanlaridan
aeroport
Foto: SI yordamida qayta ishlandi

Yangi xalqaro aeroport qurilishi uchun Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq va Quyi Chirchiq tumanlaridan jami 1309,76 gektar yer ajratilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi xabar berdi.

Shundan:

  • sug‘oriladigan yerlar – 1075,45 gektar;
  • bog‘lar – 112,69 gektar;
  • yaylov va pichanzorlar – 0,65 gektar;
  • boshqa yerlar – 120,97 gektar.

Ya’ni O‘rta Chirchiq tumanidan 790,76 gektar ajratiladi. Undan 609,95 gektari sug‘oriladigan yer, 112,63 gektari bog‘, 0,65 gektari yaylov va pichanzor, 67,53 gektari esa boshqa yerlar hisoblanadi.

Quyi Chirchiq tumanidan esa 519 gektar ajratiladi. Undan 465,5 gektari sug‘oriladigan yer, 0,06 gektari bog‘ va 53,44 gektari boshqa yer maydoni.

Avval mazkur aeroport qurilishi haqida Shavkat Mirziyoyevga transport sohasidagi yirik infratuzilma loyihalari doirasida axborot berilgandi. Unga ko‘ra, 2030-yilga borib Toshkentga keluvchi aviayo‘lovchilar soni 15 mlnga yetishi kutilmoqda. Ammo hozirgi aeroport bu oqimni qabul qila olmaydi va shahar ichida joylashgani bois kengaytirish ham imkonsiz. Shu sababli Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport qurilishi rejalashtirilgan. Xorijiy kompaniyalar bilan xususiy sheriklik asosida muzokaralar olib borilmoqda.

Bundan tashqari, Sojitz Corporation prezidenti Kosuke Uemura «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida kompaniya Toshkentda yangi xalqaro aeroport qurilishiga $200 mln sarmoya kiritishini ma’lum qilgan.

Shuningdek